Get Mystery Box with random crypto!

“Bugun biz birgalikda muhokama qilgan masala — bugunimiz, kela | CHANGE IT-Academy

“Bugun biz birgalikda muhokama qilgan masala — bugunimiz, kelajagimiz, ayniqsa, yoshlarimizga munosib ish o‘rinlari yaratish uchun o‘ta muhim zamin”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev IT sohasi vakillari bilan muloqotdan so‘ng.

Davlatimiz rahbari maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlar direktor va rektorlariga murojaat qilib, ularni har bir o‘quvchi, talaba IT bilimlari hamda chet tillarini egallab chiqishlariga mas’ul bo‘lishga chaqirdi. Bugun aytilgan barcha takliflar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi ta’kidlandi.

“Siz, yoshlardan hamkasblaringiz, hamkorlaringiz, o‘rtoqlaringizga shuni yetkazishlaringizni so‘rayman. Davlat tomonidan IT sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha kerak bo‘ladigan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz. O‘zimdan boshlab hamma rahbarlar sizlar bilan doimiy muloqotda bo‘lamiz”, dedi Prezident uchrashuv yakunida.

@alisher_sadullaev