Get Mystery Box with random crypto!

SMMʼchi, kopirayter va jurnalistlar oʻqishi shart boʻlgan “Пиш | content with Kumush

SMMʼchi, kopirayter va jurnalistlar oʻqishi shart boʻlgan “Пиши, сокращай“ ("Yoz, qisqartir") aslida oʻqishga arziydimi?

Bundan 2 yilcha oldin eendi digital marketingni “d”sini oʻrganishni istab yurgan paytlarim menga birinchi navbatda shu kitobni oʻqishni tavsiya qilishgandi. Va men uni oʻqidim. Uyqungizni keltirib kitob revyu yozmayman. Shunchaki, kopirayterlar “konstitutsiyasi” aslida yagona ideal qoʻllanma bo'la olmasligi haqida 2 ogʻiz:

Kitobda Ilyaxov matnlarni maksimum qisqartirishni tavsiya qiladi. Amalda doim ham bu ish bermaydi. Aytaylik, biror bir biznes tahlilni maktab oʻquvchisi tilida berib boʻlmaydi. Sodda, biroq uni auditoriya tushunmaydi. Bundan tashqari kitobdagi baʼzi misollar notoʻgʻri berilgan, muallif ularni yaxshiroq koʻrinishda beraman deb mazmunini oʻzgartirib yuboradi.

“Пиши, сокращай“ — kopirayting, umuman yozishni oʻrganishni istaganlar uchun yaxshi qoʻllanma. Lekin, iltimos, zoʻr yozish uchun uning oʻzi juda kamlik qiladi.

@content_wk