Get Mystery Box with random crypto!

#E'lon Tadbirkorlar diqqatiga Savdo-sanoat palatasi 2022 yil | Жиззах вилояти Савдо саноат палатаси расмий канали

#E'lon

Tadbirkorlar diqqatiga

Savdo-sanoat palatasi 2022 yil 13 iyun kuni soat 16:00 da qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi kompaniyalarni davra suhbatiga taklif etadi.
Tadbirning maqsadi-respublika hududlarida qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalarini sotishni ko'paytirish masalalarini muhokama qilish.

Uchrashuvda SSP tashabbusi bilan sizning mahsulotingizni reklama qilish va sotishda, shu jumladan, mahalliy hokimiyat organlari, tijorat banklari va potentsial xaridorlar (aholi va kompaniyalar) ishtirokida respublika hududlarida yarmarkalar tashkil etish masalasi ko'riladi.

Ishtirok etish istagingiz bo'lsa ma'lumotlarini (Askar Mirashilov +998977187679) mas'ul shaxsga ariza to'ldirib yuborishingizni so'raymiz.