Get Mystery Box with random crypto!

#SSP_yangiliklari O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTT | Жиззах вилояти Савдо саноат палатаси расмий канали

#SSP_yangiliklari

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning "Biznesni uyg’unlashgan holda qo'llab-quvvatlash" tashabbusi doirasida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlariga texnik qurilmalar topshirildi

COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTD tomonidan kichik biznes sub'ektlariga raqobatbardosh bo'lishga yordam berish, samaradorlikni oshirish va ularning o'sishiga ko'maklashish orqali biznes ko'nikmalarini o'rgatish, maslahat yordami va texnik qurilmalari ko'rinishida texnik yordam ko'rsatishni ichiga qamrab olgan "Biznesni integratsiyalashgan holda qo'llab-quvvatlash" dasturi ishga tushirildi.

Joriy yilning 13 iyun kuni Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlariga texnik qurilmalarning birinchi qismini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Savdo-sanoat palatasi bo’limi boshlig’i B. Xolboyev, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig’i U.Jo’rayev, BMTTD “O’zbekistonda yoshlar bandligiga ko’makashish” loyihasi component menejeri U.Rakhimdjanov, hamkor tashkilotlar vakillari hamda qurilma oluvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirkorlarga beg’araz yordam sifatida umumiy qiymati 459 mln so’mga teng 16 dona qurilmalar topshirildi. Ushbu tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish natijasida Qashqadaryo viloyatida jami 33 ta yangi ish o'rinlari yaratildi (ulardan 15 tasi ayollar) va 87 nafar yoshlarga (ulardan 65 tasi ayollar) zamonaviy kasb-hunarlarni o'rganishi hamda tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.