Get Mystery Box with random crypto!

LIVE Oʼzbekiston delegatsiyasi Turkiya Prezidenti huzuridagi | Жиззах вилояти Савдо саноат палатаси расмий канали

LIVE

Oʼzbekiston delegatsiyasi Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisida

Ushbu Ofis mamlakatda kadrlar siyosatini yuritadi.

Аyni damda Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi rahbari Salim Аtay bir guruh davlat xizmatchilaridan iborat Oʼzbekiston delegatsiyasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Shuningdek, masʼul vakillar Ofis faoliyati yuzasidan taqdimot qilmoqda.

Ofis mamlakatda kadrlar reestrini yuritish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, iqtidorlarni rivojlantirish boʼyicha loyihalarni amalga oshirish, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy amaliyotini tatbiq qilish boʼyicha loyihalarni ishlab chiqish samaradorlikni boshqarish kabi vazifalarni bajaradi.

Ushbu amaliyot 2021 yil 26 iyun kuni imzolangan Oʼzbekiston-Turkiya hukumatlararo iqtisodiy komissiyasi bayonnomasi doirasida qabul qilingan Harakatlar rejasiga muvofiq tashkil etilmoqda.

Telegram sahifamiz @jizzax_yoshlar_agentligi