Get Mystery Box with random crypto!

Navro'z Sen bilan yashnagay har fasli bahor, Kimlar noming es | Ulug' Nur

Navro'z

Sen bilan yashnagay har fasli bahor,
Kimlar noming eshitsa har shu nahor,
Qalblarni go'zallik chiroyin burkar,
Qutlug' bayramisan ey nafis NAVRO'Z.

Noming muxrli, ming asrli tarix,
Forsidin anglatur yangi oftobing,
Birida Novruz-u, biridia Nooruz,
Ming xil jaranglar turli elating.

Astron ilmi birla tug'ilgan shu kun
Oy nigohin birla kezgan turli faslni,
Quyoshga qaraboq bosgan muxrni,
Egallar yangi kun bu qutlug' kunni.

Vaqtlar tenglashgan palladir bu kun,
Fasllar almashgan palladir shu kun,
Kunlarning millari uzaya borar,
Qochgay sovuq otgan tonglaring shu kun.

Rizqing berar bugundan uyg'ongan tonging,
Ey dehqon mehnatiing evazi mo'ldir hosiling,
So'ng qoqgay har xonadoning zulfini,
Rahmatlar aytilur tongda sochgan mehringa.

O'ynashgay xalqing sening kuyingga,
Uchirishgay farzandlar varraklaringni,
Qolgay urf-u odating, xalqing nasliga,
Sumalak-u, halimlar pishgay qozonda.

Zardushtan qolgan deb bitilur tarix,
So'nmagay odating arabdin fatxi,
Yangi kun yasharish davomiy bo'lsin,
Barchaga Navro'zi olam muborak bo'lsin!

#navruz #aziziy #ulugnur

@Porlagan_ufuq