Get Mystery Box with random crypto!

Sharqdan chiqqan Quyosh g‘arbda botarmish, Bundan ketkan 'Oy'n | Ulug' Nur

Sharqdan chiqqan Quyosh g‘arbda botarmish,
Bundan ketkan "Oy"ni ko'zlar ko'rmay qolarmish,
Subhidan ko'zlarim chim yumdim asta,
Oyni ko'rmoq istab ko'zlarim qalbga boqarmish.

Borliq ham ko'maklar "Oy" ni hislashga,
Galma gal urilur shamollar ikki qutibga,
Quloq tashla barglari shtirlagan daraxtga,
Tushayotgan nurlar yetaklagan Quyoshga.

Qiyosladim barchasin, o'xshar ekan ul "Oy" ga
O‘xshar ekan sochlari mayin esgan Shamolga,
O'xshar ekan so'zlari shtirlagan Barglarga,
Yorishgan bu yuzlari aksi ekan Nurlarga.

"Oy"ni ko'rib shu zahod,
Ulug' tilim loldek sukutda,
Gar ko'rinmasa kunduzi,
Aksi turar qalblarda.

#O‘xsharkan #Ulugnur

@Porlagan_ufuq