Get Mystery Box with random crypto!

Dardingni olay Tug'ilibsan bir zamon - mittigina qizaloq, Uch | Ulug' Nur

Dardingni olay

Tug'ilibsan bir zamon - mittigina qizaloq,
Uchratibman ayni zamon - mittigina qizaloq,
Dardlarga to'la ko‘zlaring bo'lmasa buncha tim qora,
Kel dardingni olay - yorug'likni ko'rsatay.

Ko'rsatarsan o‘zingni beg'am-u tashvishsiz inson,
Gar qalbimni tinglasam, sen bo'larsan dardisar,
Sezarkansan yarmingni yuzlari kular majburan,
Kel dardlaring olay - seni doim kuldiray.

Oradan o'tibdi shuncha qish-u bahorlar,
Go'yo sening qoshlaring aksidur - osmondagi bulutlar,
Tozalay qovoqlarga tushgan yomg'ir-u qorlardan,
Kel dardingni olay - bo'lgin deb har fasli bahor.

Gilosdek lablardan so'ramay chiqar shirin so'zlaring,
Nurdek sochlardan tovlanur jo'shqin mehring,
Sehrdek so'zlari tugab bitmas Uluug'ing,
Toki barhayotdir sendan kelguncha javob,
Kel dardlaring yutay, darmoning bo'lay.

#ulugnur #darding_olay
07.06.2022-yil, soat: 21:45

@Porlagan_ufuq