2022-03-17 01:44:17
Hayon
Kezdim turfa olam maqsadim ayon,
Bildim sinovlarga shayligim har on,
Istadim yo'limda ruhim oshirmoq,
Barchasi sizlarga bo'lsin deb hayon.
Safarga otlanib chiqdim o'zimcha,
Hayolga berildim aytgan so'zimcha,
Qog'ozga safsata bitgan o'zim-ku,
Ro'yodur olamim debman o'yimcha.
Ahdim edi baland, g'ururim butun,
Qilichim mushtdan afzaldir so'zim,
Sinovlar ichra o'tmoq balki mushkuldir,
Lek ezgu maqsadim uzra kechmadim.
Yo'limda toblangay degandim ruhim,
Quvvatim to'plovchi sizlar degandim,
Telbacha barchasi aksi bo'lganda,
Ruhim ham asta cho'kib turgandi.
Hayon sizga istabman kecha,
Quvvatim yetmadi, bo'lganda tanho
Aytganim bir ko'pik, qolgani dengiz,
Men istab siz uchun aylagan hayon,
Balki so'ngisidir, yoki bardavom.
#hayon #ulugnur #aziziy
@Porlagan_ufuq
59 viewsedited 22:44