2023-01-13 08:47:55
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi
Hukumat qarori
(12-son, 12.01.2022 y.) bilan
Tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli ta'sir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko'ra,
2023 yil 1 iyuldan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:
giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog'liq holatni qayd etishda aniqlangan modda
(buyum)ning
giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo bo'lganda;
aniklangan modda
(buyum)ni
giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi bo'yicha savol tug'ilganda;
giyohvandlik vositalarining
yangi turlari aniqlanganda;
tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishda aniqlangan
valyuta namunasi qalbaki ekanligiga shubha paydo bo'lganida;
tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini ta'minlash zarurati yuzaga kelganda,
tezkorlikni amalga oshirish hamda tegishli vaqtni tejash maqsadida mazkur modda
(buyum) yoki valyuta namunalarini ular aniqlangan joyning o'zida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar binosida
ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiradi.
Ekspress tekshirish texnik vositasidan foydalanilgan har bir yuqoridagi holatning
foto va videotasvirlari hisobotining yuritilishini ta'minlash maqsadida ular alohida
yig'majild ko'rinishida 2 yil davomida saqlanadi.
Kanalga ulanish
T.me/KurgantepaTV
12 views05:47