2021-12-21 14:36:03
Robert Kiyosakining "3 sandiqcha qoidasi"
1-Sandiqcha
Bu sandiqcha "Saqlovchi" deb nomlanadi. Bu turdagi sandiqcha kelgusidagi harajatlarga, xohish yoki orzularni ro'yobga chiqarish uchun ishlatilinuvchi pullarni jamg'arishda foydalaniladi. Bu qutidagi pullar ishlatilmaydi, faqat to'ldirib boriladi.
2-Sandiqcha
Bu sandiqcha "Sarmoya kirituvchi" deb ataladi. Bu sandiqchada o'z biznesingiz, ta'limingiz va qimmatli qog'ozlarga ishlatiladigan pullar saqlanadi. Bu sandiqcha orqali pullaringizni bir yo'sinda ko'paytirib borishingiz va zarur bo'lganda yuqorida keltirilgan biznes, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk va ta'lim uchun sarflashingiz mumkin.
3-Sandiqcha
Eng so'nggi sandiqcha "Beruvchi" deb nomlanadi. Kiyosaki nazariyasi bo'yicha, "berish-olish" muvozanatini ushlab turish uchun daromadingizning 10%ni dunyoga berib yuborishingiz kerak. Qanchalik ko'p bersangiz, shunchalik ko'p boyib borasiz.
Shu o'rinda qiziq savol tug'iladi, bu qanday amalga oshiriladi?
Ishni o'z daromadingizni 10%ni yig'ishdan boshlang. Daromad qancha bo'lishidan qat'i nazar, uning 90%ga yashash mumkin. Oylik olgandan so'ng pullaringizni ishlatib yubormasdan avval, darhol 10%ni olib qo'yish zarur.
Bu oddiy holga aylanganidan so'ng, 2-sandiqchani undan so'ng 3-sandiqchani yaratishni boshlaysiz. Kiyosaki ham aynan shu usuldan foydalanganini juda ko'p ta'kidlaydi.
@jizchamber
51 viewsТураева Гавхар Самадовна Г.Ж, 11:36